Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Sabr bilan intizor bo‘lib kutishda davom eting

Sabr bilan intizor bo‘lib kutishda davom eting

Xudoning Shohligi kelishini qanchadan beri kutyapsiz? Qiyinchiliklarga qaramay sabr-toqat ila chidab kelyapsizmi? (Rm 8:25) Ba’zi masihiylar nafrat-u yomon munosabatga duch kelishyapti, qamoqqa olinishyapti yoki hatto o‘limga ro‘baro‘ bo‘lishyapti. Ko‘plab boshqa masihiylar esa surunkali kasallik va qarilik bilan kurashib kelishyapti.

Sinovlarga uchraganimizda intizor bo‘lib kutishimizga nima ko‘maklashadi? Muqaddas Kitobni har kuni o‘qib va bilib olganlarimiz ustida mulohaza yuritib, imonimizni oziqlantirib turishimiz lozim. Diqqat-e’tiborimizni umidimizga qaratishimiz kerak. (2Kr 4:16–18; Ibr 12:2) Qolaversa, ibodatlarimizda Yahovaga yolvorib, muqaddas ruhi ila bizni qo‘llab-quvvatlashini so‘rashimiz darkor. (Lq 11:10, 13; Ibr 5:7) Shunda mehribon Otamiz «quvonch va sabr-toqat bilan oxirigacha dosh berishimizga» yordam beradi. (Kls 1:11)

«”CHIDAM BILAN CHOPISHIMIZ” KERAK. SOVRINNI QO‘LGA KIRITISHINGIZGA ISHONING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Hayotda qanday kutilmagan «tasodiflarga» duch kelishimiz mumkin? (Vz 9:11)

  • Sinovlar boshimizga tushganda ibodat qanday yordam bera oladi?

  • Mabodo Yahovaning xizmatida ilgarigidek ko‘p mehnat qila olmayotgan bo‘lsak, nima sababdan diqqatimizni hozir qo‘limizdan keladigan ishlarga qaratishimiz lozim?

  • Butun diqqatingizni mukofotga qarating

    Mukofotni olishga amin bo‘lishingizga nima ko‘maklashyapti?