Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Xizmatda mahorat oshirish. Samarasiz Muqaddas Kitob tadqiqlarini to‘xtatish

Xizmatda mahorat oshirish. Samarasiz Muqaddas Kitob tadqiqlarini to‘xtatish

BUNING MUHIMLIGI: Odamlar qutqarilish uchun Yahovaning ismini aytib chaqirishlari kerak. (Rm 10:13, 14) Biroq Muqaddas Kitobni o‘rganishga xohish bildirganlarning hammasi ham Yahovaning me’yorlari bo‘yicha yashashni istamaydi. Shunga Yahovaga ma’qul kelish uchun o‘zgarishlar qilishni chin dildan istayotgan kishilarga yordam berib, va’zgo‘ylikka ajratilgan bebaho vaqtimizdan oqilona foydalanamiz. Bordi-yu, qiziquvchi ma’lum vaqt ichida yetarlicha ma’nan o‘smasa, tadqiqni to‘xtatib, sa’y-harakatlarimizni boshqa samimiy kishilarga yordam berishga qaratish yaxshiroqdir. (Yuh 6:44) Albatta, agar kishi keyinchalik o‘zgarishlar qilsa va «mangu hayotga eltuvchi haqiqatni qabul qilishga moyil» ekanini ko‘rsatsa, biz Muqaddas Kitob tadqiqini bajonidil qaytadan davom ettiramiz. (Hv 13:48)

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI.

  • Qiziquvchini aniq bilimga ega bo‘lishni istayotgani uchun maqtang (1Tm 2:4)

  • O‘rgangan narsalarini amalda qo‘llash muhimligini ta’kidlang (Lq 6:46–49)

  • Isoning urug‘ sepuvchi haqidagi masalini muloyimlik ila muhokama qiling va o‘rganganlarini amalda qo‘llashdan uni nima ushlab turgani haqida o‘ylab ko‘rishga undang (Mt 13:18–23)

  • Tadqiqni nega to‘xtatmoqchi ekaningizni xushmuomalalik bilan tushuntiring

  • Uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vaqti-vaqti bilan uyiga borib turishingizni va, agarda o‘zgarishlar qilsa, tadqiqni qayta tiklash imkoni borligini ayting

VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Ushbu suhbatdan qiziquvchi ma’nan o‘smayotganini qanday ko‘rishimiz mumkin?

  • Qanday qilib va’zgo‘y qiziquvchiga o‘zgarishlar qilishi kerakligini tushunishga ko‘maklashdi?

  • Qay yo‘sin va’zgo‘y tadqiqni kelajakda yana tiklash mumkinligini ko‘rsatdi?