HAYOT TARZIMIZ
«Aslo tashvishlanmanglar»
Yahova qadimgi Isroilda kambag‘allarga yordam bergan. Bugungi kunda-chi, U moddiy tomondan qiynalayotgan xizmatchilariga qanday ko‘maklashmoqda?
-
U ularga pulga nisbatan muvozanatli nuqtai nazarda bo‘lishni o‘rgatmoqda. (Lq 12:15; 1Tm 6:6–8)
-
U ularga o‘ziga bo‘lgan hurmatni yo‘qotmaslikka yordam bermoqda. (Ayub 34:19)
-
U ularga mehnatsevar bo‘lishni va zararli odatlardan saqlanishni o‘rgatmoqda. (Hk 14:23; 20:1; 2Kr 7:1)
-
U ularni sevuvchi birodar-u opa-singillardan iborat oilaga jalb qilmoqda. (Yuh 13:35; 1Yuh 3:17, 18)
-
U ularga umid bermoqda. (Zb 9:18; Isha 65:21–23)
Vaziyatimiz qanchalik qiyin bo‘lmasin, tashvishlanishimizga hojat yo‘q. (Isha 30:15) Agar Shohlikni birinchi o‘ringa qo‘yishda davom etsak, Yahova moddiy ehtiyojlarimizni qondiradi. (Mt 6:31–33)
«SEVGINGIZ HECH QACHON TUGAMASIN, HATTO... QASHSHOQLIKDA HAM — KONGO» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Hududiy anjuman o‘tkazilgan joylarga yaqin yashovchi imondoshlarimiz anjumanga uzoq yo‘l bosib kelganlarga qay yo‘sin mehmondo‘stlik ko‘rsatishdi?
-
Bu videodan Yahovaning kambag‘allarga bo‘lgan sevgisi borasida nimani o‘rganishimiz mumkin?
-
Moddiy sharoitimizdan qat’i nazar, Yahovaga qanday taqlid qila olamiz?