XIZMATDA FAOL BO‘LING | XIZMATDA KO‘PROQ QUVONCH TOPING
Qalbni zabt eting
Xudoga itoat qilish istagi insonning qalbidan chiqishi kerak. (Hk 3:1) Shunday ekan, ta’lim berganimizda tinglovchilarimizning qalbini zabt etish uchun jon kuydirishimiz darkor. Qiziq, qanday qilib qalbni zabt etsa bo‘ladi?
Qiziquvchiga Alloh Kalomidagi haqiqatlarni o‘rgatibgina qolmay, bilib olgan narsalari uning hayotiga va Yahova bilan bo‘lgan munosabatiga qanday ta’sir qilishini tushunishga ko‘maklashing. Shuningdek, unga Muqaddas Kitob me’yorlarida Xudoning sevgisi, himmati va odilligi qay yo‘sin aks etganini tushunishga yordam bering. Qiziquvchi bilib olganlari haqida qanday fikrda ekanini tekshirib ko‘rishiga ko‘maklashish uchun unga muloyimlik ila o‘rinli savollar bering. Noto‘g‘ri fikrlash tarzi yoki odatini tuzatish unga qanday foyda keltirishi ustida mulohaza yuritishiga ko‘maklashing. Qiziquvchining Yahovaga bo‘lgan samimiy sevgisini ko‘rganingizda, xizmatda ko‘proq quvonch topasiz.
«SHOGIRD TAYYORLASH ISHIDAN QUVONING. MAHORATINGIZNI OSHIRING. QALBNI ZABT ETING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Nima uchun Nita Jeyddan: «Dushanba kuni gaplashganlarimiz haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?» — deb so‘radi?
-
Qanday qilib Nita Jeydga Muqaddas Kitob me’yorlarida Yahovaning unga bo‘lgan sevgisi aks etganini tushunishiga ko‘maklashdi?
-
Qay yo‘sin Nita Jeydga Xudoga bo‘lgan sevgisini qanday ko‘rsatishi mumkinligi haqida fikr yuritishga yordam berdi?