XIZMATDA FAOL BO‘LING | XIZMATDA KO‘PROQ QUVONCH TOPING
Hamdard bo‘ling
Hamdardlik — boshqalarning o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari, qadriyatlari va ehtiyojlarini tushunish qobiliyatidir. Boshqalarga hamdard bo‘lsak, ular buni sezadi. Chin dildan yordam berish istagi ularga hamdardlikni namoyon etishimizga ko‘maklashadi. Xizmatda hamdardlik ko‘rsatsak, Yahovaning sevgisi-yu g‘amxo‘rligiga taqlid qilgan bo‘lamiz, bu esa odamlarni Unga jalb qiladi. (Flp 2:4)
Hamdardlik shunchaki uslub emas, u qay yo‘sin tinglayotganimiz va gapirayotganimizda, munosabatimiz-u imo-ishoralarimizda aks etadi. Biron kimga samimiy qiziqish ko‘rsatganimizda, hamdardlikni namoyon etgan bo‘lamiz. Masalan, uning qiziqishlari, e’tiqodi va sharoitini inobatga olamiz. U uchun foydali bo‘ladigan ma’lumotni bo‘lishib, amaliy yordam taklif qilamiz, ammo o‘zgarishi uchun bosim o‘tkazmaymiz. Biz va’z qilayotgan odamlar yordamimizni qabul qilsa, xizmatda ko‘proq quvonch topamiz.
«SHOGIRD TAYYORLASH ISHIDAN QUVONING. MAHORATINGIZNI OSHIRING. HAMDARD BO‘LING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Jeyd kech qolganida, Nita qanday qilib hamdardlik ko‘rsatdi?
-
Jeyd tadqiq o‘tishga holi yo‘qligini aytganida, qay yo‘sin Nita hamdardlikni namoyon etdi?
-
Jeyd unchalik tartibli emasligini aytganida, qanday qilib Nita hamdardlik ko‘rsatdi?