HAYOT TARZIMIZ
Yoshi ulug‘ xotinlarga onalardek, yosh ayollarga esa opa-singillardek munosabatda bo‘ling
Muqaddas Yozuvlarga ko‘ra, yoshi katta imondoshlarimizga onalarimiz va otalarimizdek, yosh masihiylarga esa singillarimiz va ukalarimizdek munosabatda bo‘lishimiz kerak. (1 Timo‘tiyga 5:1, 2 ni o‘qing.) Ayniqsa birodarlar opa-singillarimizni qadrlab, ularga hurmat ila muomala qilishlari lozim.
Birodar opamiz yoki singlimiz bilan noz-karashma qilmaydi va uning oldida opamiz yo singlimiz o‘zini noqulay his etishiga sabab bo‘ladigan ishlarni qilishdan qochadi. (Ayub 31:1) Bo‘ydoq birodar turmush qurmagan opamiz yoki singlimiz bilan ishqiy munosabatlarni rivojlantirmoqchi bo‘lgandek, yolg‘on taassurot qoldirmaydi. Aks holda, birodar uning his-tuyg‘ulari bilan o‘ynagan bo‘ladi.
Agar opa-singillarimiz oqsoqollarga hurmat ila savol bersa yoki hatto e’tiborni talab qiladigan qaysidir masalani ko‘tarsa, oqsoqollar ularga bajonidil yordam berishadi. Turmush o‘rtog‘i yo‘q opa-singillarimizga esa oqsoqollar alohida diqqat qaratishadi, chunki ular himoyaga muhtoj bo‘lishadi. (Rt 2:8, 9)
«JAMOATDA SO‘NMAS SEVGINI KO‘RSATISHDA DAVOM ETING — BEVA HAMDA YETIMLARGA» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Qay yo‘sin jamoatdagilar Mint opamizga sevgi ko‘rsatishdi?
-
Qanday qilib jamoatdagilarning sevgisi Mint opamizning qishlog‘idagilar uchun yaxshi shohidlik bo‘ldi?
-
Jamoatdagilarning sevgisi Mint opamizning qizlariga qanday ta’sir qildi?
Qay yo‘sin jamoatingizdagi opa-singillarga mehr ila g‘amxo‘rlik ko‘rsata olasiz?