Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Do‘stlarni donolik ila tanlang

Do‘stlarni donolik ila tanlang

Isroil xalqi bilan Mo‘ab dashtlarida yuz bergan voqea masihiylar uchun ogohlantiruvchi misol bo‘lib xizmat qiladi. (1Kr 10:6, 8, 11) Axloqsiz va butparast mo‘ablik ayollar bilan muloqot qila boshlagan Isroil o‘g‘illari ularning ta’siriga berilib, og‘ir gunohga qo‘l urishdi. Bu esa halokatli oqibatlarga olib keldi. (S’h 25:9) Biz Yahovaga topinmaydigan hamkasblar, sinfdoshlar, qo‘shnilar, qarindoshlar va tanishlarimiz orasida yashaymiz. Bunday kishilar bilan yaqindan muloqot qilish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida Muqaddas Kitobdagi mazkur bayonotdan nimani o‘rganishimiz mumkin?

«XUDONING BUGUNGI XIZMATCHILARI UCHUN OGOHLANTIRUVCHI MISOLLAR (VIDEOLAVHA)» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Zimri va boshqalar Yominga qanday noto‘g‘ri fikrlarni aytishdi?

  • Qay yo‘sin Finxaz Yominga vaziyatga to‘g‘ri nuqtai nazar bilan qarashga yordam berdi?

  • Yahovaga xizmat qilmaydigan odamlar bilan xushmuomala bo‘lish va ular bilan do‘stlashish o‘rtasida qanday farq bor?

  • Nega hatto jamoatda yaqin do‘stlarni tanlayotganimizda sinchkov bo‘lishimiz lozim?

  • Nega ijtimoiy tarmoqlardagi chat guruhlarida biz shaxsan tanimaydigan kishilar bilan muloqot qilishdan ehtiyot bo‘lishimiz kerak?