Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

XIZMATDA FAOL BO‘LING | XIZMATDA KO‘PROQ QUVONCH TOPING

Misollardan foydalanib, asosiy fikrlarni tushuntiring

Misollardan foydalanib, asosiy fikrlarni tushuntiring

Takroriy tashriflar qilganda yoki Muqaddas Kitob tadqiqlarini o‘tkazganda tinglovchilarimizga asosiy fikrlarni tushunishga ko‘maklashishimiz darkor. Agar bu fikrlarni misollar yordamida tushuntirsak, odamning qalbiga ta’sir qilib, fikrlarni eslab qolishiga yordam bergan bo‘lamiz.

Takroriy tashrifga yoki Muqaddas Kitob tadqiqiga tayyorgarlik ko‘rayotganingizda mayda-chuyda tafsilotlarga emas, kalit fikrlarga diqqat qarating. Bundan so‘ng esa bu fikrlarni tushuntirish uchun kundalik hayotdan olingan oddiy misollarni tanlab qo‘ying. (Mt 5:14–16; Mrk 2:21; Lq 14:7–11) Tinglovchingizning kelib chiqishi, qiziqishlari va kasbini inobatga oling. (Lq 5:2–11; Yuh 4:7–15) U fikrni tushunganidan xursand bo‘lib ketsa, siz ham unga qo‘shilib quvonchni his etishingiz tayin.

«SHOGIRD TAYYORLASH ISHIDAN QUVONING. MAHORATINGIZNI OSHIRING. MISOLLARDAN FOYDALANIB, ASOSIY FIKRLARNI TUSHUNTIRING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Nega qiziquvchilar Muqaddas Kitob oyatlarini tushunishda yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin?

  • Nita Rimliklarga 5:12 dagi haqiqatni qaysi misol yordamida tushuntirdi?

  • To‘g‘ri tanlangan misollar qalbga ta’sir qiladi

    To‘g‘ri tanlangan misollar tinglovchilarga qanday ta’sir qilishi mumkin?

  • Nima uchun xizmatda Yahovaning tashkiloti tomonidan taqdim etilayotgan videolar va boshqa ta’lim berish asboblaridan foydalanishimiz kerak?