HAYOT TARZIMIZ
Tarbiya — Yahovaning sevgisidan dalolatdir
Tarbiya nafaqat pand-nasihat berish va o‘rgatishni, balki tuzatish va jazolashni ham o‘z ichiga oladi. Yahova Unga ma’qul tarzda topinishimiz uchun bizga tarbiya beradi. (Rm 12:1; Ibr 12:10, 11) Ba’zan tarbiya og‘riq keltirishi mumkin, ammo u odillikka va barakalarga yetaklaydi. (Hk 10:7) Shunday ekan, tarbiya berayotganlar va tarbiya olayotganlar nimani yodda tutishlari kerak?
Tarbiya berayotganlar. Oqsoqollar, ota-onalar va boshqalar Yahova kabi mehr ila tarbiya berish uchun joy kuydirishadi. (Yerm 46:28) Hatto jazo berilgan taqdirda ham, u me’yorida, ya’ni qilmishga yarasha bo‘lishi va uning ortida sevgi turishi lozim. (Tit 1:13)
Tarbiya olayotganlar. Tarbiya qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, uni rad etmasligimiz darkor. Aksincha, unga darhol amal qilishga intilishimiz kerak. (Hk 3:11, 12) Nomukammal bo‘lganimiz uchun, barchamiz tarbiyaga muhtojmiz. Bizga turli yo‘llar bilan, masalan, Muqaddas Kitobda o‘qigan yoki yig‘ilishlarda eshitgan narsalarimiz orqali, yo bo‘lmasa, ayrimlarimizga hakamlar qo‘mitasi tomonidan tarbiya berilishi mumkin. Ta’lim-tarbiyaga quloq tutish natijada hayotga olib boradi. (Hk 10:17)
«YAHOVA O‘ZI SEVGAN INSONGA TARBIYA BERADI» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Kanonning hayoti qanday boshlangan va keyinchalik qanday o‘zgargan?
-
Qay yo‘sin Yahova Kanonga sevgi ila tarbiya berdi?
-
Uning misolidan qanday saboq olyapmiz?