HAYOT TARZIMIZ
Spirtli ichimliklar masalasida dono qarorlar chiqaring
Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish masalasiga kelganda, hamma masihiylar o‘zini tuta bilish fazilatini namoyon etishi kerak. (Hk 23:20, 29–35; 1Kr 6:9, 10) Agar masihiy ichkilik ichmoqchi bo‘lsa, u buni me’yorida qilishi lozim. Shuningdek, u spirtli ichimliklarga qaram bo‘lib qolishdan va boshqalarni qoqintirishdan ehtiyot bo‘lishi darkor. (1Kr 10:23, 24; 1Tm 5:23) Albatta, hech kimga, ayniqsa yoshlarga, ichkilik iste’mol qilish borasida bosim o‘tkazmaslik kerak.
«SPIRTLI ICHIMLIKLAR: OQIBATINI O‘YLANG» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Nega barcha masihiylar spirtli ichimliklarga tegishli davlat qonunlariga bo‘ysunishlari kerak? (Rm 13:1–4)
-
Nima uchun ichkilik ichish masalasida boshqalar bizga bosim o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim? (Rm 6:16)
-
Qanday qilib spirtli ichimliklar bilan bog‘liq xavfli vaziyatlardan qochishimiz mumkin?