Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

«Oxirzamonning» so‘nggi kunlarida tayyor turing

«Oxirzamonning» so‘nggi kunlarida tayyor turing

«Oxirzamonning» so‘nggi kunlarida yashayotgan ekanmiz, muammolar ko‘payayotganidan hayron qolmaymiz. (2Tm 3:1; Mt 24:8) Tabiiy ofat yuz berganida, odatda Yahovaning xalqi o‘z vaqtida beriladigan va hayotni saqlab qolishga ko‘maklashadigan yo‘l-yo‘riqlar oladi. Tabiiy ofat paytida omon qolish-qolmasligimiz hozirning o‘zida itoatkorlikni namoyon etib, ham ma’nan, ham jismonan tayyorgarlik ko‘rishimizga bog‘liq bo‘lishi mumkin. (Lq 16:10)

  • Ma’nan tayyorgarlik ko‘ring. Muqaddas Kitobni muntazam o‘qishni va shaxsiy tadqiq o‘tkazishni odat tusiga kiriting. Va’z qilishning turli usullarini o‘rganing. Hatto imondoshlar bilan muloqot qilish imkonidan ayrilib qolsangiz ham, vahimaga tushmang. (Isha 30:15) Shuni unutmangki, Yahova hamda O‘g‘li Iso Masihdan sizni hech narsa ajrata olmaydi. (od 176-sah., 15–17-xb.)

  • Jismonan tayyorgarlik ko‘ring. Davomli vaqt mobaynida pana joyda yashirinishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlarga tayyor bo‘lish maqsadida hozirlik sumkasidan tashqari, oilangizning har bir a’zosi uchun oqilona miqdorda oziq-ovqat, suv, dori-darmonlar va shunga o‘xshash zaruriy narsalarni g‘amlab qo‘ying. (Hk 22:3; g17.5-U 4, 6)

«TABIIY OFATLARGA TAYYORGARLIK KO‘RDINGIZMI?» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Qay yo‘sin tabiiy ofatga ma’nan tayyorgarlik ko‘ra olamiz?

  • Nega quyidagilar muhim ekanini tushuntiring:

    • oqsoqollar bilan yaqindan hamkorlik qilib turish

    • tabiiy ofat uchun hozirlik sumkasiga ega bo‘lish

    • qaysi tabiiy ofatlar yuz berishi mumkinligini va har bir vaziyatda qanday yo‘l tutish kerakligini muhokama qilish

  • Tabiiy ofatlarga duch kelganlarga yordam berishning qanday uchta yo‘li bor?

O‘ZINGIZDAN SO‘RANG: «Tayyorgarlik ko‘rish borasida COVID-19 pandemiyasidan qanday saboq chiqarishim mumkin?»