Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

XIZMATDA FAOL BO‘LING | XIZMATDA KO‘PROQ QUVONCH TOPING

Jo‘shqinlik bilan ta’lim bering

Jo‘shqinlik bilan ta’lim bering

Jo‘shqinlik — yuqumli fazilatdir. U tinglovchilarimizning e’tiborini jalb qilishi mumkin. Qolaversa, u xushxabarni qadrlayotganimizni ko‘rsatadi. Madaniyatimiz yoki shaxsiyatimiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, jo‘shqinlikni rivojlantira olamiz. (Rm 12:11) Qiziq, qanaqasiga?

Birinchidan, aytayotgan xabaringizning muhimligi haqida o‘ylang. Axir siz «xushxabarni e’lon qilish» sharafiga egasiz! (Rm 10:15) Ikkinchidan, xushxabar tinglovchilaringizning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkinligi borasida fikr yuriting. Ular siz aytmoqchi bo‘lgan narsalarni eshitishga juda muhtoj. (Rm 10:13, 14) Uchinchidan, g‘ayrat bilan gapiring hamda imo-ishoralaringiz tabiiy va samimiy bo‘lsin.

«SHOGIRD TAYYORLASH ISHIDAN QUVONING. MAHORATINGIZNI OSHIRING. JO‘SHQINLIK BILAN TA’LIM BERING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Nima sababdan Nita Jeyd bilan tadqiq o‘tkazishga nisbatan jo‘shqinlikni yo‘qotdi?

  • Nitaga jo‘shqinlikni qaytadan namoyon etishga nima yordam berdi?

  • Jo‘shqinlik — yuqumli fazilatdir

    Nega tinglovchilarimizning ijobiy xislatlariga e’tibor qaratishimiz kerak?

  • Biz tadqiq o‘tayotgan insonlarga va boshqalarga jo‘shqinligimiz qanday ta’sir qilishi mumkin?