XIZMATDA FAOL BO‘LING | XIZMATDA KO‘PROQ QUVONCH TOPING
Imondoshlarning yordamini qabul qiling
Yahova «barcha imondoshlarimizni» bizga yordam tariqasida bergan. (1Btr 5:9) Ular xizmatdagi qiyinchiliklarni muvaffaqiyat ila yengishimizga ko‘maklasha oladi. Misol uchun, Akila bilan Priskilla, Sila, Timo‘tiy va boshqalar havoriy Pavlusga yordamlashishgan. (Hv 18:1–5)
Imondoshlar sizga xizmatda qay yo‘sin yordam berishi mumkin? Ular sizga e’tirozlarga javob berish, takroriy tashriflar qilish yoki Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qilish va o‘tkazish borasida amaliy maslahatlar bera olishadi. Jamoatingizdan kim sizga ko‘maklasha olishi haqida o‘ylab ko‘ring va undan yordam so‘rang. Shubhasizki, bu ikkalangizga ham foydali bo‘ladi hamda quvonch baxsh etadi. (Flp 1:25)
«SHOGIRD TAYYORLASH ISHIDAN QUVONING. YAHOVANING YORDAMINI QABUL QILING. IMONDOSHLARIMIZ» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Qanday qilib Nita Jeydni yig‘ilishlarga borishga undadi?
-
Nima uchun boshqa va’zgo‘ylarni Muqaddas Kitob tadqiqiga taklif qilishimiz kerak?
-
Jeyd va Abigayning qanday umumiy qiziqishi bor edi?
-
Imondoshlar xizmatda qanday ko‘nikmalarni orttirishingizga yordam bera oladi?