Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

XIZMATDA FAOL BO‘LING

Yangi dunyo yaqin ekani haqidagi xushxabarni bo‘lishing!

Yangi dunyo yaqin ekani haqidagi xushxabarni bo‘lishing!

Noyabr oyida yangi dunyo yaqin ekani haqidagi xushxabarni bo‘lishishga qaratilgan kampaniya o‘tkaziladi. (Zb 37:10, 11; Vh 21:3–5) Mazkur kampaniyada to‘liq ishtirok etish uchun kundalik jadvalingizni moslashtiring. Bu oyda ko‘makchi kashshof sifatida xizmat qilmoqchi bo‘lsangiz, 30 yoki 50 soat normasini tanlashingiz mumkin.

Imkon boricha ko‘proq odamlarga yangi dunyo haqidagi biron-bir oyatni aytish uchun tayyorgarlik ko‘ring. Oyat tanlayotib, hududingizdagi odamlarni nimalar qiziqtirishini inobatga oling. Agar kimdir birinchi suhbat paytida qiziqish bildirsa, unga «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining 2021-yil № 2 tarqatish sonining nusxasini bersangiz bo‘ladi. Keyin iloji boricha tezroq bu insonga takroriy tashrif qiling va «Hayotdan toabad zavqlaning!» nomli risola yordamida Muqaddas Kitob tadqiqini boshlashga intiling. «Yaxshilik to‘g‘risida xushxabar»ni va’z qilish bilan butunlay band bo‘lish naqadar quvonchli! (Isha 52:7)

«YANGI DUNYO YAQIN!» NOMLI TARONANING VIDEOSINI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Qizcha qanday kelajakni tasavvur qilyapti?

  • Yangi dunyoda bo‘ladigan qaysi narsalarni orziqib kutyapsiz?

  • Umidingiz haqida mulohaza yuritish, noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan kompaniyada to‘la ishtirok eta olishingizga qanday yordam berishi mumkin? (Lq 6:45)