Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

XIZMATDA FAOL BO‘LING

Xizmatda «Hayotdan toabad zavqlaning!» risolasi va kitobidan foydalaning

Xizmatda «Hayotdan toabad zavqlaning!» risolasi va kitobidan foydalaning

Muqaddas Kitob tadqiqlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan yangi risola va kitobga ega bo‘lganimizdan juda xursandmiz! Yahova yanada ko‘proq shogird tayyorlash maqsadida qilayotgan harakatlarimizga baraka berishini so‘raymiz. (Mt 28:18–20; 1Kr 3:6–9) Xo‘sh, yangi asboblardan qanday foydalansak bo‘ladi?

«Hayotdan toabad zavqlaning! Muqaddas Yozuvlar asosida jonli suhbatlar» kitobida ta’lim berishning yangi usuli qo‘llanilgan ekan, tadqiqlarga tayyorgarlik ko‘rayotganingizda yoki ularni o‘tkazayotganingizda quyidagilarga amal qiling *:

  • Darsda keltirilgan ma’lumotni o‘qib, savollarni muhokama qiling

  • «O‘qing» deb belgilangan oyatlarni o‘qib, qiziquvchiga ularni amalda qanday qo‘llashni tushunishga yordam bering

  • Videolarni qo‘yib bering va keltirilgan savollar yordamida ularni muhokama qiling

  • Har safar bitta darsni to‘liq ko‘rib chiqishga harakat qiling

Xizmatda insonning qiziqishi bor-yo‘qligini aniqlash uchun avval unga risolani taklif qiling. (« Birinchi suhbatda “Hayotdan toabad zavqlaning!” risolasini qanday taklif qilsa bo‘ladi?» nomli ramkaga qarang.) Agar qiziquvchi bilan risolani tadqiq qilishni tugatgan bo‘lsangiz va u tadqiqni davom ettirishni istasa, unga kitobni taklif qilib, tadqiqni 4- darsdan boshlang. Bordi-yu, kimdir bilan tadqiq uchun mo‘ljallangan adabiyotlarimizdan birini tadqiq qilayotgan bo‘lsangiz, «Hayotdan toabad zavqlaning!» kitobiga o‘ting va tadqiqni qaysi darsdan davom ettirishni o‘zingiz hal qiling.

«TADQIQ BOSHLAGANINGIZDAN XURSANDMIZ» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Qiziquvchilar yangi kitobdan nimalarni bilib olishadi?

  • Nega tadqiqni boshlamoqchi bo‘lgan kishilarga bu videoni ko‘rsatishingiz kerak?

  • Qiziquvchini qaysi maqsadlarni qo‘yishga va ularga erishishga undab turishingiz lozim? (« Har bir bo‘limning umumiy mavzusi va qo‘yiladigan maqsadlar» nomli ramkaga qarang)

^ 4- x.b. IZOH: Garchi «Qo‘shimcha manbalar» qismini tadqiq paytida ko‘rib chiqish-chiqmaslik o‘z ixtiyoringizda bo‘lsa ham, tadqiqqa tayyorgarlik ko‘rayotganingizda har bir manbani o‘qishga yoki tomosha qilishga vaqt ajrating. Shunda qiziquvchiga qaysi mavzu qiziq va foydali bo‘lishi mumkinligini bilib olasiz. Kitobning elektron shaklida videolarga va qo‘shimcha ma’lumotga havolalar keltirilgan.

 HAR BIR BO‘LIMNING UMUMIY MAVZUSI VA QO‘YILADIGAN MAQSADLAR

 

DARSLAR

UMUMIY MAVZU

QIZIQUVCHI UCHUN MAQSADLAR

1

01-12

Muqaddas Kitobdan qanday foyda olish va uning Muallifini tanib-bilish mumkinligini ko‘rib chiqamiz

Qiziquvchini Muqaddas Kitobni o‘qishga, tadqiqqa tayyorgarlik ko‘rishga va yig‘ilishlarga qatnashga undang

2

13-33

Xudo biz uchun nimalar qilganini va Unga qanday topinish tarzi ma’qul kelishini bilib olamiz

Qiziquvchini haqiqatni boshqalar bilan baham ko‘rishga hamda va’zgo‘y bo‘lishga chorlang

3

34-47

Xudo Unga topinadiganlardan nimalarni kutishini bilib olamiz

Qiziquvchini hayotini Yahovaga bag‘ishlashga va suvga cho‘mishga undang

4

48-60

Qanday qilib Xudoning mehr-muhabbati ostida qolish mumkinligini bilib olamiz

Qiziquvchiga yaxshini yomondan ajratishni o‘rgating va ma’nan o‘sishga ko‘maklashing