Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

«Bizga turtki bergan kuch — Masihning sevgisi». (2Kr 5:14)

HAYOT TARZIMIZ

Mart yoki aprel oyida ko‘makchi kashshof bo‘lib xizmat qila olasizmi?

Mart yoki aprel oyida ko‘makchi kashshof bo‘lib xizmat qila olasizmi?

Qutlug‘ Kechlik mavsumida Yahovaga ko‘proq xizmat qilishni istaysizmi? (2Kr 5:14, 15) Mart va aprel oylarida va’zgo‘ylar 30 yoki 50 soat normasini tanlab, ko‘makchi kashshof bo‘lib xizmat qilishlari mumkin. Agar ushbu o‘zgacha tadbirda ishtirok eta olsangiz, unda arizani to‘ldirib, uni jamoatingizning xizmat qo‘mitasiga bering. Bu xizmatga tayinlanganlarning ismlari ular ko‘makchi kashshof bo‘lib xizmat qiladigan har oyda jamoatda e’lon qilinadi. O‘shanda jamoatning qolgan a’zolari ularni xizmatda qo‘llab-quvvatlay oladi. Keling, Qutlug‘ Kechlik mavsumida va’z qilish mahoratimizni oshirish va bir-birimizga dalda berish uchun bunday imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaylik! (1Sal 5:11)