Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Alloh va Masih taqdim etadigan erkinlik

Alloh va Masih taqdim etadigan erkinlik

Har kuni nimalar bilan kurashib kelyapsiz? Balki siz oila boshi sifatida zimmangizdagi ko‘plab vazifalarni uddalashga intilayotgandirsiz. Yoxud yolg‘iz ota yoki ona bo‘lib, oilangizni boqish uchun ter to‘kib mehnat qilayotgandirsiz. Yoki maktabdagi tengdoshlaringiz tomonidan tahqirlanayotgandirsiz. Yo bo‘lmasa, salomatlik yoki keksalik muammolari bilan kurashayotgandirsiz. Ha, har birimizning o‘zimizga yarasha muammolarimiz bor. Aksariyat imondoshlarimiz bir vaqtning o‘zida ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechiryapti. Lekin bilamizki, yaqinda Yahova bizni ushbu qiyinchiliklarning barchasidan xalos qiladi. (2Kr 4:16–18)

Ungacha esa, keling, Yahova qiyinchiliklarimizdan xabardor ekani, Unga sodiq qolib, sabr-bardosh qilayotganimizni qadrlayotgani va biz uchun ulkan barakalar tayyorlab qo‘ygani haqidagi fikrdan tasalli topaylik. (Yerm 29:11, 12) Iso ham shaxsan har birimiz bilan qiziqadi. Masihiylar sifatida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni bajarayotib, Iso bizni: «Men... sizlar bilan bo‘laman»,— deb ishontirganini yodda tutaylik. (Mt 28:20) Xudoning Shohligi boshqaradigan paytda hukm suradigan erkinlik to‘g‘risida mulohaza yuritsak, umidimiz va hozirgi sinovlarga bardosh qilish qarorimiz mustahkam bo‘ladi. (Rm 8:19–21)

«BO‘RON YAQINLASHAYOTGAN EKAN, BUTUN E’TIBORINGIZNI ISOGA QARATING! — XUDONING SHOHLIGI KELTIRADIGAN BARAKALAR» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Qay yo‘sin odamzod Xudodan yiroqlashdi va natijasi qanday bo‘ldi?

  • Yahovaga sodiq bo‘lgan kishilarni qanday kelajak kutyapti?

  • Bunday ajoyib kelajakka nima tufayli erisha olamiz?

  • Va’da qilingan yangi dunyoda qaysi barakalarni olishni intiqib kutyapsiz?

O‘zingizni yangi dunyoda tasavvur qiling