Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Ota-onalar, farzandlaringizga kerak bo‘lgan bilimlarni o‘rgating

Ota-onalar, farzandlaringizga kerak bo‘lgan bilimlarni o‘rgating

Biz yaxshini yomon, yomonni yaxshi qilib ko‘rsatadigan dunyoda yashayapmiz. (Isha 5:20) Afsuski, ayrimlar Yahovaning nafratini keltiradigan ishlarni qilishadi. Masalan, bunday ishlarga bir jinsdagi kishilar o‘rtasidagi nomunosib xatti-harakatlar kiradi. Aziz yoshlarimizni maktabdagi sinfdoshlari yoki boshqalar o‘z ortidan ergashtirib, yo‘ldan urishi mumkin. Qanday qilib siz, ota-onalar, farzandlaringizni bu kabi sinovlardan muvaffaqiyat ila o‘tishga tayyorlay olasiz?

Bolalaringizga Yahovaning me’yorlarini o‘rgating. (Lv 18:3) Farzandlaringizning yoshini va tushunish qobiliyatini inobatga olgan holda, Muqaddas Kitobda jinsiy munosabatlar haqida nima deyilganini asta-sekin o‘rgatib boring. (Qn 6:7) O‘zingizdan shunday so‘rang: «Sevgini munosib tarzda namoyon qilish va or-nomus bilan kiyinish muhim ekanini farzandlarimga o‘rgatyapmanmi? Boshqalar farzandlarimning haq-huquqlarini hurmat qilishi kerakligini, masalan, ular cho‘milayotganida yoki kiyimlarini almashtirayotganida, boshqalar ularga qaramasligi lozimligini ularga tushuntiryapmanmi? Kimdir farzandlarimga pornografiyani ko‘rsatishga urinsa yoki ulardan Yahovaning nazarida yomon bo‘lgan ishga qo‘l urishni so‘rasa, farzandlarim qanday yo‘l tutish kerakligini bilishadimi?» Xavfni oldindan ko‘ra bilish ularni ko‘plab muammolardan himoya qilishi mumkin. (Hk 27:12; Vz 7:12) Farzandlaringizga ta’lim-tarbiya berib, Yahova sizga taqdim etgan ushbu qimmatbaho merosni qadrlayotganingizni ko‘rsatasiz. (Zb 127:3)

«MUSTAHKAM UY QURING — FARZANDLARINGIZNI YOMONLIKDAN HIMOYA QILING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Nega ayrim ota-onalar uchun farzandlariga jinsiy tarbiya berish qiyin kechadi?

  • Nega ota-onalar farzandlarini «Yahovaning tarbiyasi» va «pand-nasihati bilan» o‘stirishlari kerak? (Ef 6:4)

  • Bilim himoyadir

    Ota-onalar farzandlariga jinsiy tarbiya berishlari uchun Yahovaning tashkiloti qanday yordamni taqdim etgan? (w19.05. 12-sah. ramka)

  • Nega farzandlaringiz jiddiy muammolarga duch kelishidan oldin ular bilan muntazam suhbatlashib turishingiz darkor?