Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Hammaga va’z qilish uchun tashkillashtirilgan xalq

Hammaga va’z qilish uchun tashkillashtirilgan xalq

Yahova Isroil xalqini tashkillashtirganidek, bugungi kunda ham O‘z irodasini amalga oshirish uchun xalqini tashkillashtiryapti. Dunyo bo‘ylab filiallar, tumanlar, jamoatlar hamda va’zgo‘ylik guruhlari xushxabarni yoyish maqsadida birgalikda hamkorlik qilishyapti. Ha, biz hammaga, jumladan, o‘zga tilda gapiradigan odamlarga ham xushxabarni va’z qilyapmiz. (Vh 14:6, 7)

Boshqalarga haqiqatni bilib olishga ko‘maklashish uchun o‘zga tilni o‘rganish haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Hatto boshqa tilni o‘rganishga vaqtingiz yetmayotgan bo‘lsa ham, «JW Language» ilovasidan foydalanib, oson muqaddimani o‘rganishingiz mumkin. Uni xizmatda qo‘llab ko‘rganingizdan keyin, hoynahoy, o‘zingizni birinchi asrdagi masihiylar kabi his qilasiz. Chunki boshqa o‘lkalardan kelgan odamlar o‘z ona tillarida «Allohning ulug‘vor ishlari» haqida eshitib, lol qolganini ko‘rishganida, o‘sha masihiylar o‘zlarini juda baxtiyor his qilishgandi. (Hv 2:7–11)

«TANGRI YAHOVANING DO‘STI BO‘LING. BOSHQA TILDA GAPIRADIGANLARGA VA’Z QILING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • «JW Language» ilovasidan qaysi vaziyatlarda foydalanishingiz mumkin?

  • Bu ilovaning ayrim xususiyatlari qanday?

  • Barcha til vakillari xushxabarni eshitishi zarur

    Hududingizdagi odamlar qaysi tillarda gaplashishadi?

  • Agar Shohlik xabariga qiziqish ko‘rsatgan inson boshqa tilda gapirsa, nima qilishingiz kerak? (od 100–101-sah., 39–41-xb.)