HAYOT TARZIMIZ
Sentyabr oyida Muqaddas Kitob tadqiqlarini boshlashga qaratilgan maxsus kampaniya
Sentyabr oyida astoydil g‘ayrat ko‘rsatib, barcha odamlarga «Hayotdan toabad zavqlaning!» risolasi yordamida Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qilamiz. Va’zgo‘ylar 30 soat normasini tanlab, ko‘makchi kashshof bo‘lib xizmat qilishlari mumkin. Biz bu maxsus kampaniyada qanday qatnashamiz?
-
Birinchi suhbatda. Risolaning oxirgi sahifasidagi ma’lumotdan foydalanib qiziqish uyg‘oting va tadqiq qanday o‘tkazilishini ko‘rsatishga harakat qiling. Ehtimol, ilgari qiziqish ko‘rsatgan, jumladan, siz takroriy tashrif qilgan odamlar bordir. Garchi ular oldin tadqiqni rad etgan bo‘lishsa ham, yangi tadqiq usuli va risola ularni qiziqtirib qo‘yishi mumkin. Lekin unutmangki, risolani uyda bo‘lmaganlarga qoldirmaslik kerak hamda uni ilgari qiziqish ko‘rsatmagan insonlarga xatga qo‘shib yubormaslik lozim. Jamoatning xizmat qo‘mitasi bu oyda qo‘shimcha va’zgo‘ylik xizmati uchrashuvlari o‘tkazilishini tashkillashtirishi mumkin.
-
Boshqa imkoniyatlar. Agar jamoatingiz adabiyot aravachalaridan foydalansa, ularga «Hayotdan toabad zavqlaning!» risolasini qo‘ying. Qiziqish bildirib, risolani olgan insonga u bilan bepul Muqaddas Kitob tadqiqi o‘tkazilishi mumkinligini ayting. Suhbat davomida tadqiq qanday o‘tishini qisqacha ko‘rsating yoki buni keyinroq qilishga kelishib oling. Xizmat noziri tajribali va’zgo‘ylar uchun odamlarning ish joylariga borishni va ularga Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qilishni tashkillashtirishi mumkin. Shuningdek, hamkasblaringizga yoki norasmiy va’z qilganingizda uchragan odamlarga tadqiqni taklif qilsangiz bo‘ladi.
Iso bizga: «Shogird tayyorlanglar... Men sizlarga amr etgan hamma narsaga amal qilishni ularga o‘rgatinglar»,— deb topshiriq bergan. (Mt 28:19, 20) Iloyim, ushbu maxsus kampaniya «Hayotdan toabad zavqlaning!» risolasi yordamida bu topshiriqni bajarishimizga ko‘maklashsin!