HAYOT TARZIMIZ
Yahova ibodatlaringizga qanday javob berayotganini ilg‘ab olishga intilyapsizmi?
Muqaddas Kitobda Yahovaga ibodat qilib, Undan javob olgan ko‘plab odamlarning misollari bor. Yahova bu xizmatchilarining dard-u tashvishlarini tinglab, ularga yordam berganida, ularning imoni mustahkamlangani shubhasiz. Shuning uchun, biz ham aniq narsalar haqida ibodat qilishimiz va Yahovaning javobini ilg‘ab olishga intilishimiz kerak. Unutmangki, Alloh ibodatimizga biz kutmagan tarzda javob berishi yoki so‘raganimizdan ko‘prog‘ini qilishi mumkin. (2Kr 12:7–9; Ef 3:20) Yahova ibodatlarimizga javoban nima qiladi?
-
Muammolar bilan kurashish uchun jismoniy, hissiy yoki ma’naviy kuch baxsh etadi (Flp 4:13)
-
To‘g‘ri qaror chiqarish uchun donolik ato etadi (Yoq 1:5)
-
Nimanidir qilish uchun istak va kuch beradi (Flp 2:13)
-
Tashvishli paytlarda xotirjamlik bag‘ishlaydi (Flp 4:6, 7)
-
Boshqalarni bizga jismonan yoki hissan ko‘maklashishga undaydi (1Yuh 3:17, 18)
-
Ibodatlarimizda tilga olingan odamlarga yordam beradi (Hv 12:5, 11)
«YAHOVA — “IBODATLARNI ESHITGUVCHI”DIR» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Sog‘lik muammolari tufayli imkoniyatlarimiz cheklangan bo‘lsa, Takeshi birodarimizning misoli bizga qanday dalda berishi mumkin?
-
Takeshi birodarimizning o‘rnagiga qanday taqlid qila olamiz?