Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ | YANGI XIZMAT YILI UCHUN MAQSADLAR QO‘YING

Kashshoflik

Kashshoflik

Ma’naviy maqsadlar qo‘ysak, kuchimizni to‘g‘ri yo‘naltirgan bo‘lamiz. (1Kr 9:26) Maqsadlar bizga bu zamonaning oxirigacha qolgan vaqtdan oqilona foydalanishga yordam beradi. (Ef 5:15, 16) Oilaviy topinish paytida yangi xizmat yili uchun qanday maqsadlar qo‘yishingiz mumkinligini muhokama qilsa bo‘ladi. Sizga yordam berish uchun «Ta’lim dasturi»ning ushbu sonida turli maqsadlarga doir maqolalar keltirilgan. Qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan bu maqsadlar haqida ibodat ila o‘ylab ko‘rsangiz bo‘ladi. (Yoq 1:5)

Masalan, oilaning hech bo‘lmasa bitta a’zosi doimiy kashshoflikni olishi uchun oilaning boshqa a’zolari uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyormi? Agar soat normasini bajara olamanmi yo yo‘qmi, deb xavotirlanayotgan bo‘lsangiz, sharoitlari siznikiga o‘xshash bo‘lgan kashshoflar bilan suhbatlashib ko‘ring. (Hk 15:22) Ehtimol, hatto oilaviy topinish paytida qaysidir kashshofdan intervyu olsangiz bo‘ladi. Keyin o‘zingiz uchun taxminiy jadvallar tuzing. Bordi-yu, oldinlari kashshoflik qilgan bo‘lsangiz, hozirgi sharoitlaringiz bunga yo‘l qo‘yish-qo‘ymasligi haqida o‘ylab ko‘ring.

Oila a’zolaringizdan kimdir bir oy yoki bundan ko‘proq vaqt davomida ko‘makchi kashshof bo‘lib xizmat qila oladimi? Mabodo kamquvvat bo‘lsangiz, har kuni xizmatga oz-ozdan vaqt ajratib, ko‘makchi kashshofning soat normasini bajarishingiz mumkin. Maktabda o‘qiyotganingiz yoki kun bo‘yi ishlayotganingiz uchun xizmatga ko‘p vaqt ajrata olmasangiz, balki 5 ta shanba-yakshanbasi yo bayram kunlari bor oyda ko‘makchi kashshof sifatida xizmat qilarsiz. Kalendaringizda ko‘makchi kashshoflikni qachon olmoqchi ekaningizni belgilab qo‘ying va xizmat uchun jadval tuzing. (Hk 21:5)

«JASORATLI BO‘LING — KASHSHOFLAR» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Emma opamizga Yahova qay yo‘sin g‘amxo‘rlik qilgan? Bundan qanday saboq olyapmiz?