Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Barcha qiyinchiliklar bir kun kelib tugaydi

Barcha qiyinchiliklar bir kun kelib tugaydi

Qiyinchiliklar bizni osongina tushkunlikka tushirishi mumkin, ayniqsa, ular uzoq davom etsa. Dovud bilganki, shoh Shoul tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklari bir kun kelib tugaydi va u Yahova va’da berganiday shoh bo‘ladi. (1Shh 16:13) Imon Dovudga sabr qilishga va Yahovani kutishga yordam bergan.

Qiyinchiliklar paytida vaziyatimizni o‘zgartirish uchun zakovat, bilim va tafakkurni ishga solishimiz mumkin. (1Shh 21:12–14; Hk 1:4) Ammo Muqaddas Kitob prinsiplari asosida qo‘limizdan kelgan barcha narsani qilganimizdan keyin ham, ayrim muammolar o‘z yechimini topmaydi. Bunday vaziyatlarda sabr-toqatli bo‘lib, Yahovani kutishimiz kerak. Yaqinda U hamma azob-uqubatlarimizga chek qo‘yadi va ko‘zimizdagi «har qanday yoshni artib oladi». (Vh 21:4) Qiyinchiliklardan Yahovaning aralashuvi tufayli qutulamizmi yoki boshqa sabablarga ko‘rami, bir narsani yodda tutishimiz darkor: barcha qiyinchiliklar bir kun kelib tugaydi. Buni bilish bizga tasalli berishi mumkin.

«BO‘LINGAN DUNYODAGI BIRLASHGAN XALQ» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Qo‘shma Shtatlarning janubidagi ayrim masihiylar qanday qiyinchiliklarga duch kelishgan?

  • Ular sabr-toqat va sevgini qay yo‘sin namoyon etishgan?

  • Qanday qilib ular diqqatini muhimroq narsalarga qaratishda davom etishgan? (Flp 1:10)