Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Yahovaga tayanishning uchta yo‘li

Yahovaga tayanishning uchta yo‘li

Dovud Yahovaga tayangani uchun Go‘liyotni yenggan. (1Shh 17:45) Yahova O‘zining barcha xizmatchilariga qudratini namoyon etishni istaydi. (2Sl 16:9) Qay yo‘sin o‘z tajribamiz va qobiliyatlarimizga emas, balki Yahova taqdim etayotgan yordamga tayana olamiz? Buning uchta yo‘lini ko‘rib chiqaylik.

  • Tez-tez ibodat qiling. Xato qilganingizdan keyin ibodatda Yahova sizni nafaqat kechirishini, balki vasvasaga qarshi turishingiz uchun kuch ham berishini so‘rang. (Mt 6:12, 13) Shuningdek, Yahova nafaqat siz chiqarib bo‘lgan qarorlarga baraka ato etishi, balki qarorlar chiqarishdan oldin sizga yo‘l-yo‘riq va donolik berishi haqida ham ibodat qiling. (Yoq 1:5)

  • Muqaddas Kitobni o‘qish va tadqiq qilish tartibiga rioya qiling. Muqaddas Kitobni har kuni o‘qing. (Zb 1:2) Undagi misollar ustida mulohaza yuriting va o‘rgangan saboqlarni hayotingizda qo‘llang. (Yoq 1:23–25) Tajribangizga tayanmang, aksincha, xizmatga tayyorgarlik ko‘ring. Yig‘ilishlardan to‘liq foyda olish uchun o‘tiladigan ma’lumotni oldindan o‘rganib chiqing.

  • Yahovaning tashkiloti bilan hamkorlik qiling. Tashkilotimiz berayotgan yo‘l-yo‘riqlardan doim xabardor bo‘lib turing va ularga darhol amal qiling. (S’h 9:17) Oqsoqollar maslahat va ko‘rsatma berishganida ularga quloq soling. (Ibr 13:17)

«TA’QIBLARDAN QO‘RQISHGA HECH QANDAY SABAB YO‘Q» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

• Imondoshlarimiz nimalardan qo‘rqishgan?

• Ularga qo‘rquvlarini yengishga nima yordam bergan?