HAYOT TARZIMIZ | XIZMATDA KO‘PROQ QUVONCH TOPING
Qiziquvchilarga nopok odatlardan qutulishga ko‘maklashing
Faqatgina axloqan pok odamlar Yahova bilan yaqin munosabatlarga ega bo‘la olishadi. (1Btr 1:14–16) Qiziquvchilar yomon odatlaridan xalos bo‘lgani sari, ularning oilaviy hayoti, sog‘ligi va moddiy ahvoli ham yaxshilanishi mumkin.
Qiziquvchilarga Yahovaning axloqiy me’yorlarini, ular nima uchun berilganini va ularga amal qilishning foydasini aniq tushuntiring. Muqaddas Kitobni o‘rganayotganlarga fikrlash tarzini o‘zgartirishga yordam bersangiz, ular Yahovaga ma’qul ishlarni qila olishadi. (Ef 4:22–24) Ularni chuqur o‘rnashgan yomon odatdan Yahovaning yordami bilan qutula olishlariga ishontiring. (Flp 4:13) Shuningdek, ularga vasvasa paytida Yahovaga iltijo qilish muhimligini o‘rgatib, qochishlari kerak bo‘lgan vaziyatlarni oldindan aniqlashga yordam bering. Ularni nopok odatlardan qutulishga va o‘rniga foydali ishlar bilan shug‘ullanishga undang. Qiziquvchilar hayotiga o‘zgarishlar kirita olayotganini ko‘rib, qalbingiz quvonchga to‘ladi.
«MUQADDAS KITOBNI O‘RGANAYOTGANLARGA NOPOK ODATLARDAN QUTULISHGA KO‘MAKLASHING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Qanday qilib oqsoqollar va Nita Jeydga ishonch bildirishdi?
-
Qay yo‘sin Nita Jeydga yordam berishda davom etdi?
-
Qanday qilib Jeyd Yahovadan yordam izladi?