Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Onlayn do‘stlaringiz kim?

Onlayn do‘stlaringiz kim?

Do‘stlar bir-biriga mehr va hurmat ila bog‘langan kishilardir. Masalan, Dovud Go‘liyotni o‘ldirganidan keyin Yo‘natan bilan qalin do‘st bo‘lib qolgan. (1Shh 18:1) Dovud bilan Yo‘natan bir-biriga yoqadigan fazilatlarni namoyon etishgan. Qalin do‘stlik aniq bilimga asoslanadi. Odatda insonni yaqindan bilish uchun vaqt va harakat talab etiladi. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda odamlar shunchaki bitta tugmachani bosib, qo‘shtirnoq ichidagi do‘stlarga aylanadi. Internetda odamlar nima deyish kerakligini oldindan o‘ylab qo‘yishi va boshqalar ular haqda qanday fikrga borishini muayyan darajada nazorat qilishi mumkin. Shuning uchun, bunday kishilarga o‘zining aslida kim ekanini yashirish oson. Demak, Internetda kim bilan do‘stlashayotganingiz borasida yaxshilab o‘ylab ko‘rish oqilonadir. Agar siz yaxshi tanimaydigan inson ijtimoiy tarmoqlarda do‘stlikni taklif qilsa, taklifini rad etib ko‘nglini og‘ritib qo‘yaman, deb qo‘rqmang. Shunday xavf borligi uchun ayrimlar ijtimoiy tarmoqlardan umuman foydalanmaslikka qaror qilishdi. Lekin ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, nimani yodda tutishingiz kerak?

«IJTIMOIY TARMOQLARDAN OQILONA FOYDALANING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Ijtimoiy tarmoqlarga sharhlar va rasmlarni joylashtirishdan oldin nimani inobatga olishingiz kerak?

  • Nega onlayn do‘stlarni tanlashda ehtiyotkor bo‘lishingiz lozim?

  • Nima uchun ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadigan vaqtni cheklashingiz darkor? (Ef 5:15, 16)