HAYOT TARZIMIZ
«Hayotdan toabad zavqlaning!» nomli qo‘llanmadan foydalanib, Yahovaga va Isoga bo‘lgan imoningizni rivojlantiring
Qiziquvchilar Xudoni mamnun qilish uchun kuchli imonni rivojlantirishlari lozim. (Ibr 11:6) «Hayotdan toabad zavqlaning!» kitobidan foydalanib, bunda ularga yordam bera olamiz. Tadqiq uchun mo‘ljallangan ushbu kitobda kalit oyatlar, aniq tushuntirishlar, samarali savollar, ta’sirchan videolar hamda chiroyli rasmlar bor. Qiziquvchilarga ilohiy fazilatlarni rivojlantirishga va Xudo bilan do‘stlashishga ko‘maklashsak, ular sinovlar paytida mustahkam qola olishadi. (1Kr 3:12–15)
Xudoni ko‘rishning iloji bo‘lmagani uchun, ba’zi odamlar U bilan do‘stlashishni tasavvuriga ham sig‘dira olishmaydi. Shu bois, biz ularga Yahovani tanib-bilishga va Unga ishonishga yordam berishimiz kerak.
«“HAYOTDAN TOABAD ZAVQLANING!” NOMLI QO‘LLANMADAN FOYDALANIB, YAHOVAGA BO‘LGAN IMONINGIZNI RIVOJLANTIRING» VIDEOSINI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Opamiz tadqiqqa yaxshi tayyorlangani nimadan ko‘rindi?
-
Qiziquvchi Ishayo 41:10, 13 borasida fikrlari-yu tuyg‘ularini izhor qilishi uchun opamiz yaxshi tayyorlangan qo‘shimcha savollardan qanday foydalandi?
-
Video hamda Muqaddas Kitobdagi oyatlar tadqiq o‘tuvchiga qay yo‘sin ta’sir qildi?
Ko‘pchilik to‘lovning ahamiyatini tushunmaydi yoki uni Xudo shaxsan ular uchun bergan sovg‘a deb bilmaydi. (Gl 2:20) Shu bois ularga Isoning to‘lov qurbonligiga bo‘lgan ishonchni rivojlantirishga yordam berishimiz kerak.
«“HAYOTDAN TOABAD ZAVQLANING!” NOMLI QO‘LLANMADAN FOYDALANIB, ISOGA BO‘LGAN IMONINGIZNI RIVOJLANTIRING» VIDEOSINI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Birodar tadqiqqa yaxshi tayyorlangani nimadan ko‘rindi?
-
Qay yo‘sin birodar «Qo‘shimcha manbalar» qismidagi ma’lumotdan foydalanib, qiziquvchiga yordam berdi?
-
Nega tadqiq o‘tkazuvchi qiziquvchi uchun ibodat qilishi muhim?