Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Fuqarolik tartibsizliklariga tayyorgarlik ko‘rdingizmi?

Fuqarolik tartibsizliklariga tayyorgarlik ko‘rdingizmi?

Ushbu zamonaning oxiri yaqinlashar ekan, fuqarolik tartibsizliklari, terrorizm va urushlar ko‘payishi tayin. (Vh 6:4) Qay yo‘sin kelajakdagi qiyinchiliklarga tayyorgarlik ko‘ra olamiz?

  • Ma’nan tayyorgarlik ko‘ring. Yahovaga va Uning tashkilotiga bo‘lgan ishonchingizni mustahkamlaydigan hamda betaraflikni saqlashingizga ko‘maklashadigan Muqaddas Kitobdagi prinsiplarni va bayonotlarni toping. (Hk 12:5; jr-U 125–126- sah., 23-, 24- xb.) Hozir jamoatdagilar bilan qalin do‘stlikni rivojlantirishning ayni vaqtidir. (1Btr 4:7, 8)

  • Jismonan tayyorgarlik ko‘ring. Uyni tark eta olmasangiz, xavfsizlikda bo‘lish uchun reja tuzing va oqilona miqdorda zaruriy narsalarni g‘amlab qo‘ying. Qolaversa, evakuatsiya rejasini ham tayyorlab qo‘ying. Hozirlik sumkangizni tekshiring va unga pul hamda shaxsiy himoya vositalarini, masalan, qo‘lqop va niqoblarni solib qo‘ying. Oqsoqollar bilan qanday bog‘lanish kerakligini bilib oling va ular siz bilan qanday aloqaga chiqish mumkinligini bilishlariga amin bo‘ling. (Isha 32:2; g17.5-U 3–7)

Tartibsizliklar paytida ma’naviy ishlar bilan band bo‘ling. (Flp 1:10) Zaruratsiz ko‘chaga chiqmang. (Mt 10:16) Oziq-ovqat hamda boshqa zaruriy narsalarni baham ko‘ring. (Rm 12:13)

«OFATLARGA TAYYORGARLIK KO‘RDINGIZMI?» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Ofatlar paytida Yahova bizga qay yo‘sin yordam bera oladi?

  • Tayyor bo‘lish uchun qanday amaliy choralar ko‘rishimiz mumkin?

  • Ofatdan zarar ko‘rganlarga qay yo‘sin yordam bera olamiz?