HAYOT TARZIMIZ
Xizmatda yaqinda yuz bergan voqealardan foydalaning
Iso odamlarga ta’lim berayotib, o‘sha paytda yuz bergan voqealardan foydalangan. (Lq 13:1–5) Siz ham insonlarning xushxabarga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish uchun yaqinda yuz bergan voqealarni keltirsangiz bo‘ladi. Tirikchilik qilish qiyinligi, tabiiy ofat yo fuqarolik tartibsizliklari yuz bergani, giyohvandlikning tarqalgani yoki shu kabilarni aytib o‘tib, insonning fikrini bilish uchun undan shunday so‘rasangiz bo‘ladi: «Nima deb o‘ylaysiz, qachondir... bo‘lmaydigan payt keladimi?» yoki «Sizningcha,.. kabi muammoning yechimi nimada?» Keyin mavzuga oid oyat bilan bo‘lishing. Agar inson qiziqish ko‘rsatsa, uning e’tiborini «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar» sirasiga kiruvchi bironta video yoki adabiyotga qarating. Hududimizdagi odamlarning qalbini zabt etishga intilar ekanmiz, keling, «bularning barini xushxabar uchun... qilaylik». (1Kr 9:22, 23)
Sizning hududingizdagi insonlarga qaysi mavzular qiziqarli bo‘lishi mumkin?