Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Ibodatlarimiz Yahova uchun qadrli

Ibodatlarimiz Yahova uchun qadrli

Yahovaga ma’qul keladigan ibodatlar ma’badda Uning oldida muntazam ravishda tutatilgan xushbo‘y tutatqi kabidir. (Zb 141:2) Samoviy Otamizga tashvishlarimiz-u istaklarimizni va Uni yaxshi ko‘rishimizni aytsak, Unga minnatdorchilik bildirsak hamda yo‘l-yo‘riq berishini so‘rasak, U bilan bo‘lgan do‘stligimizni qadrlayotganimizni ko‘rsatamiz. Albatta, Yahova jamoat uchrashuvlarida omma oldida aytilgan qisqa ibodatlarni topinishimizning muhim qismi deb biladi. Ammo shaxsiy ibodatlarimizda Yahovaga qalbimizda borini aytib, U bilan uzoqroq vaqt davomida gaplashsak, bu Unga qanchalik yoqishini bir tasavvur qilib ko‘ring! (Hk 15:8)

«IBODAT HAYOTIMDA MUHIM O‘RIN EGALLAYDI» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Klaudius birodarimiz Yahovaning xizmatida qanday sharafli vazifalarni bajargan?

  • Qay yo‘sin Klaudius birodarimiz Yahovaga tayangan?

  • Bu birodarimizning hayotidagi voqealardan qanday saboqlar oldingiz?