HAYOT TARZIMIZ
Iqtisodiy muammolarni yenga olishingizga amin bo‘ling
Oxirzamonda yashash qiyin bo‘lib ketyapti. Bu zamonaning oxiri yaqinlashar ekan, qiyinchiliklar yanada ko‘payishi tayin. Biz u yoki bu turdagi yetishmovchilikka duchor bo‘lishimiz mumkin. (Xb 3:16–18) Qay yo‘sin iqtisodiy muammolarni yenga olishimizga amin bo‘lishimiz mumkin? Biz Xudoyimiz Yahovaga tayanishda davom etishimiz kerak. Yahova O‘z xizmatchilariga g‘amxo‘rlik qilishni va’da bergan va U bizga har qanday vaziyatda kerakli narsalarni taqdim etishga qodir. (Zb 37:18, 19; Ibr 13:5, 6)
Nima qilishingiz mumkin?
-
Yahovadan yo‘l-yo‘riq, donolik va yordam berishini o‘tinib so‘rang (Zb 62:8)
-
Hatto siz oldin qilib ko‘rmagan ishda ishlashga tayyor turing (g-U 1/10 8-, 9-sah. ramkalar)
-
Ma’naviy ishlar bilan band bo‘ling, jumladan, Xudoning Kalomini kunda o‘qing, yig‘ilishlarni qoldirmang va xizmatda qatnashing
«MUSTAHKAM UY QURING — BORIGA SHUKUR QILING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Ba’zi oilalar qanday qiyinchiliklarga duch kelishyapti?
-
Hayotda eng muhim narsa nima?
-
Iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganlarga qanday yordam berishimiz mumkin?