LIVING AS CHRISTIANS
Shomuilning hayotidan saboqlar
Shomuil butun hayoti davomida Yahovaga sodiq qolgan. U yosh bo‘lganida, Elaxning o‘g‘illari Xo‘fnax va Finxazdan farqli ravishda, jirkanch ishlarni rad etgan. (1Shh 2:22–26) Shomuil o‘sib-ulg‘ayib borgan va Yahova u bilan birga bo‘lgan. (1Shh 3:19) U qariganida ham Yahovaga sadoqat ila xizmat qilishda davom etgan. Ammo o‘g‘illari bunday qilmagan. (1Shh 8:1–5)
Shomuilning misolidan nimani o‘rganishimiz mumkin? Agar yosh bo‘lsangiz, Yahova qiyinchiliklaringizni va his-tuyg‘ularingizni tushunishiga amin bo‘ling. U sizga jasoratli bo‘lishga yordam bera oladi. (Isha 41:10, 13) Bordi-yu, farzandingiz Yahovaga xizmat qilmayotgan bo‘lsa, Shomuilning misoli sizga tasalli berishi mumkin. Chunki u ham o‘g‘illarini Yahovaning me’yorlariga sodiq qolishga majburlay olmasdi. Shunga Shomuil bu masalani Yahovaning qo‘liga topshirib, benuqson qolgan va Uni quvontirgan. Balki o‘rnagingiz farzandingizni Yahovaga qaytishga undar.
«ULARDAN O‘RGANAYLIK. SHOMUIL» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Qay yo‘sin Shomuil yosh bo‘lganida jasorat ko‘rsatgan?
-
Qanday qilib Denni jasorat ko‘rsatgan?
-
Qay yo‘sin Shomuil qariganida yaxshi o‘rnak qoldirgan?
-
Qanday qilib Dennining ota-onasi yaxshi o‘rnak ko‘rsatgan?