HAYOT TARZIMIZ
Yangi xizmat yili uchun qanday maqsadlar qo‘ymoqchisiz?
Ma’naviy maqsadlar Yahovaga yanada ko‘proq xizmat qila olish va Uni quvontirish uchun bor kuchimiz bilan nimagadir intilishni o‘z ichiga oladi. Ular ma’nan yetuk masihiy bo‘lishimizga yordam beradi hamda vaqt va kuchimizni qurbon qilishimizga arziydi. (1Tm 4:15) Nega maqsadlarimizni vaqti-vaqti bilan qaytadan ko‘rib chiqishimiz kerak? Chunki sharoitlarimiz o‘zgarib turadi. Oldin qo‘ygan maqsadlarimizga hozir yetishning iloji yo‘qdir yoki ularga erishib bo‘lgandirmiz va endi yangilarini qo‘yish kerakdir.
Maqsadlarimizni yangi xizmat yili boshlanishidan oldin qayta ko‘rib chiqish ayni muddao. Bu mavzuni oilaviy topinishda muhokama qilib, shaxsiy va oilaviy maqsadlar qo‘ya olasizmi?
Quyidagi sohalarga taalluqli qanaqa maqsadlaringiz bor va ularga erishish uchun qanday qadamlar qo‘ymoqchisiz?
Muqaddas Kitobni o‘qish, shaxsiy tadqiq qilish, yig‘ilishlarga borish, sharhlar berish (w16.09 27- sah., 17- xb.)
Va’zgo‘ylikda qatnashish (w23.05 27- sah., 4-, 5- xb.)
Xudoga yoqadigan fazilatlarni rivojlantirish (w22.04 23- sah., 5-, 6- xb.)
Boshqa sohalar: