HAYOT TARZIMIZ
Yahovaning mehr-sadoqatiga taqlid qiling
Yahova mehr-sadoqatni namoyon etishda eng zo‘r o‘rnakdir. (Zb 103:11) Bunday mehr tezda o‘tib ketadigan, bir lahzalik yoqtirish hissi emas. Mehr-sadoqat davomiy, qattiq bog‘liqlik hissini o‘z ichiga oladi. Yahova xalqi bo‘lmish Isroilga ushbu fazilatni turli yo‘llar bilan namoyon etgan. Xudo ularni Misr qulligidan ozod etib, va’da qilingan yurtga olib kirgan. (Zb 105:42–44) U xalqi uchun jang qilgan va ularning gunohlarini qayta-qayta kechirgan. (Zb 107:19, 20) «Yahovaning mehr-sadoqatga to‘la ishlari haqida chuqur fikr» yuritish bizni Unga taqlid qilishga undaydi. (Zb 107:43)
«YAHOVANING MEHR-SADOQATGA TO‘LA ISHLARI HAQIDA CHUQUR FIKR YURITING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Mehr-sadoqatni qay yo‘sin namoyon eta olamiz?
-
Nega mehr-sadoqatni namoyon etish uchun fidoyilik qilish talab etiladi?