Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

«Kokinakis Gretsiyaga qarshi»: Droit réservé

Tepadagi chap burchakdan soat strelkasi bo‘yicha: «G‘arbiy Virginiya shtati xalq ta’lim boshqarmasi Barnettga qarshi»; «Kokinakis Gretsiyaga qarshi»; «Taganrogdagi MDT va boshqalar Rossiyaga qarshi»; «Cha va boshqalar Janubiy Koreyaga qarshi»

HAYOT TARZIMIZ

«Xushxabarni himoyalash va qonuniylashtirish»

«Xushxabarni himoyalash va qonuniylashtirish»

Dushmanlar ma’badning qayta qurilishini to‘xtatmoqchi bo‘lishgan. Shunda isroillik quruvchilar bu loyihani davom ettirish uchun qonuniy huquqqa ega bo‘lish maqsadida kerakli barcha narsani qilishgan. (Ezr 5:11–16) Shu singari masihiylar ham xushxabarni himoyalash va qonuniylashtirish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilishadi. (Flp 1:7) Aynan shu maqsadda 1936-yili Xalqaro bosh idorada Yuridik bo‘lim tashkil etildi. Bugungi kunda Xalqaro bosh idoradagi Yuridik bo‘lim butun dunyo bo‘ylab Shohlik manfaatlarini himoya qilishga mas’ul. Qay yo‘sin ushbu bo‘lim Shohlik manfaatlarini olg‘a surgan va Xudoning xalqiga yordam bergan?

«XALQARO BOSH IDORADAGI YURIDIK BO‘LIM BILAN TANISHUV» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Yahovaning Shohidlari qanday huquqiy muammolarga duch kelishgan?

  • Qanday yuridik g‘alabalarga erishganmiz? Misol keltiring

  • Har birimiz «xushxabarni himoyalash va qonuniylashtirishga» qay yo‘sin yordam bera olamiz?