Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Zahmatkash xizmatchilar

Zahmatkash xizmatchilar

Tuman nozirlari va ularning rafiqalari imondoshlariga fidoyi sevgini namoyon etishadi. Hammamizda bo‘lgani kabi ularda ham shaxsiy ehtiyojlari bor. Qolaversa, ba’zan ular ham charchashadi, tushkunlikka tushishadi va xavotirlanishadi. (Yoq 5:17) Shunga qaramay, ular har hafta bor diqqatini tashrif buyuradigan jamoatdagi birodar-u opa-singillarga dalda berishga qaratishadi. Darhaqiqat, tuman nozirlari «ikki barobar hurmatga sazovor». (1Tm 5:17)

Pavlus Rimdagi jamoatga «Xudo ato etgan in’om bilan» bo‘lishish uchun borishni rejalashtirganida, imondoshlari bilan o‘zaro dalda olishni istagan. (Rm 1:11, 12) Jamoatingizga tashrif buyuradigan tuman noziriga va, agar u uylangan bo‘lsa, uning xotiniga qanday dalda berish haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

«TUMAN NOZIRINING QISHLOQ HUDUDLARIDAGI XIZMATI» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Tuman nozirlari va ularning rafiqalari tashrif buyurgan jamoatdagi imondoshlarga fidoyi sevgini qay yo‘sin namoyon etishadi?

  • Ularning tashrifi shaxsan sizga qanday foyda keltirgan?

  • Ularga qanday qilib dalda bera olamiz?