HAYOT TARZIMIZ
Muqaddas Kitob tadqiqiga oid videolardan qanday foydalansa bo‘ladi?
Bizda Muqaddas Kitob tadqiqiga oid to‘rtta video bor. Ularning har biri qaysi maqsadga xizmat qiladi?
-
«Nega Muqaddas Kitobni tadqiq qilish kerak? — To‘liq variant» videosi turli diniy e’tiqodga ega insonlarning Muqaddas Kitobga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otishga mo‘ljallangan. Bu video odamlarni hayotdagi muhim savollarga Muqaddas Kitobdan javob izlashga undaydi. Qolaversa, videoda bunday savollarning ayrimlariga Muqaddas Kitobdan mantiqiy javob berilgan va inson u bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qilishlarini qanday so‘rashi mumkinligi tushuntirilgan.
-
«Nega Muqaddas Kitobni tadqiq qilish kerak?» videoning qisqa varianti to‘liq varianti bilan o‘xshash, lekin uzunligi bo‘yicha deyarli 3 baravar qisqaroq. Bu video odamlar doim shoshiladigan hududlarda ko‘proq samara berishi mumkin.
-
«Muqaddas Kitob tadqiqi qanday o‘tkaziladi?» videosi odamlarda Muqaddas Kitobni bepul tadqiq qilish dasturiga qiziqish uyg‘otishga mo‘ljallangan. Shuningdek, videoda bu dasturga doir ko‘pchilikni qiziqtiradigan ayrim savollarning javoblari, masalan, tadqiq o‘tkazilishini qanday so‘rash mumkinligi aytib o‘tilgan.
-
«Tadqiq boshlaganingizdan xursandmiz» videosi tadqiq o‘tishni boshlagan insonlarga ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Garchi bu video «Hayotdan toabad zavqlaning!» kitobining 2- sahifasida keltirilgan bo‘lsa-da, uni «Hayotdan toabad zavqlaning!» risolasini muhokama qilayotganda ham ko‘rsatish mumkin. Ushbu videoda qiziquvchi kitobdan nimalarni bilib olishi va muhokamalar qanday o‘tkazilishi yoritilgan.
Yuqoridagi videolarning har biri muayyan maqsad uchun xizmat qilsa-da, ularni istalgan paytda boshqalarga ko‘rsatishingiz yoki yuborishingiz mumkin. Va’zgo‘ylar bu videolar bilan yaxshilab tanishib chiqishsa va ulardan xizmatda mohirona foydalanishsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.