HAYOT TARZIMIZ
Ofatdan keyin qanday yordam bera olamiz?
Bugungi kunda tabiiy ofatlar borgan sari oddiy hol bo‘lib qolyapti. Ofat yuz berganida, undan talafot ko‘rganlarga yordam berish ishlari yaxshi tashkillashtirilib, samarali nazorat qilinishi kerak. Shuning uchun Yetakchi kengash har bir filialda Tabiiy ofatlarda yordam berish bo‘limi tashkil etilishiga g‘amxo‘rlik qildi.
Bu bo‘limdagi birodarlar ofat ro‘y bergani haqida xabar topgach, va’zgo‘ylarga qanday yordam kerakligini bilish uchun darhol mahalliy oqsoqollar bilan bog‘lanishadi. Ofat katta zarar keltirgani sababli mahalliy va’zgo‘ylar uni o‘zlari bartaraf eta olishmasa, filial yordam berish ishlariga bosh-qosh bo‘lish uchun tajribali birodarlarni tayinlaydi. Ular ixtiyoriy xizmatchilar yo gumanitar yordam kerakligi haqida xabar berishlari yoki zaruriy narsalarni xarid qilib, mahalliy va’zgo‘ylarga tarqatishlari mumkin.
Yordam berish ishlarini shu tarzda tashkillashtirishning ko‘p afzalliklari bor. Masalan, ortiqcha ish qilinmaydi, hech kim sarosimaga tushmaydi, pul va buyumlar noto‘g‘ri ishlatilmaydi. Birodarlar o‘zlari bilgancha yo‘l tutishganida esa bunga erishish qiyin bo‘lishi mumkin.
Filial tomonidan tayinlangan birodarlar yordam berish ishlari uchun qancha pul va nechta ixtiyoriy xizmatchi kerakligini aniqlashlari mumkin. Shuningdek, ular mahalliy hukumat vakillariga yordam berish ishlari haqida xabar berishni ma’qul ko‘rishar. Sababi bu vakillar ko‘pincha bunday ishlarni tezlashtirishda ko‘maklashishadi. Shunga agar masihiydan so‘ralmagan bo‘lsa, u pul yig‘ish, gumanitar yordam jo‘natish yoki talafot ko‘rgan hududga borishda tashabbus ko‘rsatmasligi kerak.
Albatta, ofat yuz berganida imondoshlarimizga yordam berishni istaymiz. (Ibr 13:16) Chunki ularni yaxshi ko‘ramiz! Unda ular uchun nima qila olamiz? Eng katta ko‘magimiz — ofatdan jabr ko‘rganlar va yordam berish ishlarida qatnashayotganlar uchun ibodat qilishdir. Qolaversa, umumjahon ishimizga xayr-ehson qilishimiz mumkin. Yetakchi kengash rahbarligi ostida faoliyat yuritayotgan filiallar bu xayr-ehsonlar qayerda ko‘proq asqatishini yaxshiroq bilishadi. Agar shaxsan yordam bermoqchi bo‘lsak, «Mahalliy qurilish loyihalarida ixtiyoriy xizmatchi bo‘lish uchun ariza» (DC-50)ni to‘ldirib, ko‘maklashishga tayyor ekanimizni ko‘rsatishimiz mumkin.
«BRAZILIYADAGI DAHSHATLI SUV TOSHQINI» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLGA JAVOB BERING:
Braziliyada 2020-yili yuz bergan suv toshqinidan keyin Yahovaning Shohidlari amalga oshirgan yordam berish ishlari sizni nimasi bilan ta’sirlantirdi?