XIZMATDA FAOL BO‘LING
Taxminiy suhbatlar
QUTLUG‘ KECHLIKKA TAKLIF ETISH KAMPANIYASI (11-mart–4-aprel)
«Bugun sizni millionlab odamlar tashrif buyuradigan o‘zgacha bir marosimga taklif qilishdan xursandmiz. Bu — Iso alayhissalomning o‘limini xotirlash marosimidir». Kishiga chop etilgan taklifnomani bering yoki uning elektron nusxasini yuboring. «Taklifnomada bu marosim bizning hududimizda qaysi joyda va qaysi vaqtda o‘tishi aytilgan. Shuningdek, sizni bir hafta oldin so‘zlanadigan maxsus nutqqa taklif qilmoqchimiz».
Qiziqish ko‘rsatilganda «Iso Masihning o‘limini xotirlang» nomli videoni qo‘yib bering [yoki elektron shaklda yuboring].
Ochiq savol: Iso alayhissalom nima uchun o‘lgan?
BIRINCHI SUHBAT (1–10-mart, 5–30-aprel)
TAKRORIY TASHRIF
Savol: Iso alayhissalom nima uchun o‘lgan?
Oyat: Mt 20:28
Ochiq savol: Iso alayhissalomning to‘lov qurbonligi uchun minnatdor ekanimizni qanday ko‘rsata olamiz?