HAYOT TARZIMIZ
O‘zingizga Yahova kabi qarang
«Yahova O‘z xalqidan mamnundir». (Zb 149:4) Nomukammal bo‘lsak-da, U yaxshi fazilatlarimizni va nimalarga qodir ekanimizni ko‘radi. Lekin ba’zan o‘zimizning yaxshi tomonlarimizni ko‘rish qiyin bo‘lishi mumkin. Boshqalar bizga yomon munosabatda bo‘lgani uchun o‘zimizni arzimas his qilarmiz. Yo bo‘lmasa, o‘tmishdagi xatolarimiz tufayli Yahova bizni chindan ham seva olishidan shubhalanarmiz. Bunday tuyg‘ularni boshdan kechirganimizda bizga nima yordam bera oladi?
Unutmangki, Yahova odamlar ko‘ra olmaydigan narsalarni ko‘radi. (1Shh 16:7) Demak, U hatto biz o‘zimizda payqamaydigan narsalarni ko‘ra oladi. Yaxshiyamki, Muqaddas Kitob Yahova bizga qanday qarashini tushunishga ko‘maklashyapti. Buni tushunish uchun U O‘z xizmatchilarini qanchalik yaxshi ko‘rishini ochib beruvchi oyatlar va bayonotlarni o‘qisak bo‘ladi.
«QALBINGIZNI YAHOVANING SEVGISIGA ISHONTIRING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Marafonda qatnashayotgan bola va uning otasi haqidagi misoldan Yahova bizga qanday qarashi to‘g‘risida nimani o‘rganyapmiz?
-
Jiddiy gunohga qo‘l urgan inson Yahova bilan munosabatlarini tiklash uchun kerakli barcha qadamlarni qo‘ygan bo‘lsa, qanday qilib u qalbini Yahovaning sevgisiga ishontira oladi? (1Yuh 3:19, 20)
-
Dovud va Yohushafat haqidagi bayonotlarni o‘qib, ular ustida mulohaza yuritishdan birodar qanday foyda oldi?