HAYOT TARZIMIZ
O‘zingizni murtadlikdan himoya qiling
Shayton va uning ta’siri ostidagi odamlar imonimizni susaytirish uchun ko‘pincha yolg‘onni haqiqat bilan aralashtirishadi. (2Kr 11:3) Masalan, ossuriyaliklar Yahova xalqining ruhini tushirish uchun qisman rost va butunlay yolg‘on bo‘lgan gaplarni aytishgan. (2Sl 32:10–15) Bugungi kunda murtadlar ham shunga o‘xshash usullardan foydalanishadi. Murtadlarning ta’limotlariga duch kelsak, nima qilishimiz kerak? Ularni zahar deb bilib, aslo o‘qimasligimiz, boshqalarga aytib bermasligimiz va ularga javob qaytarmasligimiz lozim. Hushyor turib, Yahova hamda Uning tashkilotiga nisbatan shubha uyg‘otishga mo‘ljallangan ma’lumotlarni tezda rad etishimiz darkor. (Yah 3, 4)
«“IMON UCHUN ZO‘R BERIB KURASHING!” (VIDEOLAVHA)» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Nega Internet-forumlardan foydalanayotganimizda ehtiyot bo‘lishimiz kerak?
-
Rimliklarga 16:17 dagi maslahatga qanday amal qila olamiz?