Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Muqaddas Kitobning audioyozuvlaridan foydalanyapsizmi?

Muqaddas Kitobning audioyozuvlaridan foydalanyapsizmi?

Veb-saytimizda yoki «JW Library» ilovasida «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»ning audioyozuvlarini topishingiz mumkin. Ular imkon qadar ko‘proq tillarda asta-sekin chiqarilyapti. Bu audioyozuvlarning qiziqarli tomoni shundaki, ularda Muqaddas Kitobdagi har bir qahramon uchun alohida ovoz ishlatiladi. Muqaddas Kitobdagi xabarning ma’nosi aniq yetkazilishi uchun so‘zlar to‘g‘ri ohang va his-tuyg‘u bilan o‘qiladi.

Muqaddas Kitobning audioyozuvlari ba’zilarga qanday foyda keltiryapti? Ko‘plarga bu audioyozuvlarni muntazam tinglash yoqadi, chunki har bir qahramon uchun alohida ovoz ishlatilgani ularga Muqaddas Kitobdagi voqealarni yaxshiroq tasavvur qilib, yozilganlarning ma’nosini aniqroq tushunishga ko‘maklashadi. (Hk 4:5) Qolaversa, aksariyat odamlar tashvishlanganida ushbu audioyozuvlarni tinglashdan tasalli topadi. (Zb 94:19)

Allohning Kalomi ovoz chiqarib o‘qilganini eshitish hayotimizga kuchli ta’sir qilishi mumkin. (2Sl 34:19–21) Agar bu audioyozuvlar siz tushunadigan tilda qisman yoki to‘liq chiqqan bo‘lsa, ularni eshitishni odat tusiga kirgan ma’naviy ishlaringiz qatoriga qo‘sha olasizmi?

«MUQADDAS KITOBNING AUDIOYOZUVLARINI TAYYORLASH (VIDEOLAVHA)» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLGA JAVOB BERING:

Muqaddas Kitobning audioyozuvlarini tayyorlash jarayoni sizni nimasi bilan ta’sirlantirdi?