HAYOT TARZIMIZ
Benuqsonlik va fikrlarimiz
Benuqsonligimiz faqatgina so‘zlarimiz yoki ishlarimizda emas, fikrlarimizda ham aks etadi. (Zb 19:14) Shu sababli Muqaddas Kitob bizni nima haqiqat va nima jiddiy e’tiborga loyiq bo‘lsa, nima odillik, halollik, yoqimli bo‘lsa, nima haqda ijobiy gapirilsa, nima himmat va nima maqtovga sazovor bo‘lsa, bular haqda fikr yuritishga undayapti. (Flp 4:8) Albatta, doim ham xayolimizga noto‘g‘ri fikrlar kelishining oldini ololmaymiz. Biroq o‘zini tuta bilish fazilati yomon fikrlarni haydab, ongimizni yaxshi fikrlar bilan to‘ldirishga yordam beradi. Fikrlarimizda benuqsonlikni saqlasak, bu ishlarimizda ham aks etadi. (Mrk 7:21–23)
Quyida keltirilgan har bir oyat asosida qanday fikrlash tarzidan qochishimiz kerakligini yozing: