Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Tashkilotimiz obro‘yi yaxshi bo‘lishiga qay yo‘sin hissa qo‘sha olaman?

Tashkilotimiz obro‘yi yaxshi bo‘lishiga qay yo‘sin hissa qo‘sha olaman?

Odamlar Yahova Shohidlarining xulq-atvoriga e’tibor berishadi. (1Kr 4:9) O‘zimizdan: «Nutqim va ishlarim Yahovaga sharaf keltiryaptimi?» — deb so‘rashimiz mumkin. (1Btr 2:12) Albatta, Yahovaning Shohidlari ko‘p yillar davomida orttirgan yaxshi obro‘ga putur yetkazadigan birorta ish qilib qo‘yishni istamaymiz. (Vz 10:1)

Quyidagi vaziyatlarda masihiy qanday yo‘l tutishi kerakligini va unga Muqaddas Kitobdagi qaysi prinsip yordam berishini yozib qo‘ying:

  • Imondosh bo‘lmagan kishi jahl bilan tanqid qilganida

  • Kiyimi, mashinasi yoki uyi saranjom-sarishta emasligini payqaganida

  • Birorta mahalliy qonun adolatga zidday yoki amal qilishga qiyinday tuyulganida

Muharririyat bo‘limidagi tadqiqotchilar tashkilotimizning obro‘yi yaxshi bo‘lishiga qay yo‘sin hissa qo‘shishyapti?

«HAQIQATNI SEVIB HURMAT QILISH» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLGA JAVOB BERING:

Aniq ma’lumotlarni tayyorlash uchun tashkilotimiz tomonidan qilinayotgan harakatlar sizni nimasi bilan ta’sirlantirdi?