HAYOT TARZIMIZ
Ota-onalar, farzandlaringizga Xudoning qalbini quvontirishni o‘rgating
Yahova yoshlarni nihoyatda qadrlaydi. Ularning ma’nan o‘sayotgani va sabr-bardoshi Uning nazaridan chetda qolmaydi. (1Shh 2:26; Lq 2:52) Juda yosh bo‘lishsa ham, ular yaxshi xulq-atvori bilan Yahovaning qalbini quvontira olishadi. (Hk 27:11) Ota-onalar farzandlariga Yahovani sevishni va Unga quloq solishni o‘rgatishlari uchun U tashkiloti orqali ajoyib asboblarni taqdim etyapti.
«AZIZ YOSHLAR, SABR-BARDOSHINGIZ YAHOVANI QUVONTIRADI!» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Qanday qilib Yahova yillar davomida yoshlarga yordam va yo‘l-yo‘riq berib kelgan?
-
Hozirgi kunda ota-onalar qanday asboblarga ega?
-
Yoshlar, Yahova sizning foydangizni ko‘zlab nimalarni taqdim etgan va nega?