Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Yahova ruhan ezilganlarni qutqaradi

Yahova ruhan ezilganlarni qutqaradi

Har birimiz vaqti-vaqti bilan tushkunlikka tushamiz. Lekin bu ma’nan zaif ekanimizni anglatmaydi. Axir ba’zida hatto Yahova ham qalbi ezilishini aytgan. (Ibt 6:5, 6) Ammo bordi-yu, tez-tez ruhimiz tushsa yoki hamisha tushkun ahvolda bo‘lsak-chi?

Yahovadan ibodatda yordam so‘rang. Yahova ruhiy va hissiy salomatligimizga befarq emas. U qachon xursand, qachon esa xafa ekanimizni biladi. U o‘y-fikrlarimizni va his-tuyg‘ularimizni tushunadi. (Zb 7:9b) Eng muhimi, Yahova biz uchun qayg‘uradi va tushkunlik yo hatto depressiyani yengishimizga yordam bera oladi. (Zb 34:18)

Ongingizni himoya qiling. Salbiy his-tuyg‘ular nafaqat kayfiyatimizga, balki topinishimizga ham ta’sir qilishi mumkin. Shu bois qalbimizni, ya’ni ichki dunyomizni asrasak, oqilona yo‘l tutgan bo‘lamiz. (Hk 4:23)

«DEPRESSIYAGA QARAMAY IMONDOSHLARIMIZ TINCHLIKNI YO‘QOTISHMAYAPTI» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Depressiya bilan kurashish uchun Nikki qanday amaliy qadamlar qo‘ydi?

  • Nikki tibbiy yordam olishi kerakligini qanday tushundi? (Mt 9:12)

  • Qay yo‘sin Nikki Yahovaga tayanib, Undan yordam izladi?