Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Ota-onalar, farzandlaringizga ilohiy donolikka ega bo‘lishga yordam bering

Ota-onalar, farzandlaringizga ilohiy donolikka ega bo‘lishga yordam bering

Ota-onalar farzandlariga ilohiy donolikka ega bo‘lishga yordam bera olishadi. Buning yo‘llaridan biri — farzandlari jamoat yig‘ilishlaridan foyda olishiga ko‘maklashishdir. Yoshlarga yig‘ilishlarda ko‘rgan-eshitganlari va tayyorgarlik ko‘rib bergan sharhlari Yahova haqida bilim olishga hamda Uning yaqin do‘sti bo‘lishga yordam berishi mumkin. (Qn 31:12, 13) Agar farzandingiz bo‘lsa, qanday qilib unga yig‘ilishlardan ko‘proq foyda olishga ko‘maklasha olasiz?

  • Yuzma-yuz o‘tadigan yig‘ilishlarga borish uchun jon kuydiring (Zb 22:22)

  • Yig‘ilish zalida yig‘ilishdan oldin yoki keyin daldali suhbatlar qurish uchun vaqt ajrating (Ibr 10:25)

  • Oilaning har bir a’zosida yig‘ilishlarda muhokama qilinadigan adabiyotlar (elektron yoki bosma) borligiga amin bo‘ling

  • Farzandingizga o‘z so‘zlari bilan sharh tayyorlashga ko‘maklashing (Mt 21:15, 16)

  • Yig‘ilishlar va u yerda olinadigan yo‘l-yo‘riqlar to‘g‘risida ijobiy gapiring

  • Farzandingizga turli ishlarda, masalan, Yig‘ilish zalini tozalashda qatnashishga va jamoatdagi yoshi kattalar bilan suhbatlashishga yordam bering

Farzandingizga Yahova bilan do‘st bo‘lishga yordam berish ko‘p harakat talab etadi va ba’zan buni qilishga o‘zingizda kuch topa olmassiz. Ammo Yahova sizga yordam berishiga amin bo‘lishingiz mumkin. (Isha 40:29)

«OTA-ONALAR, YAHOVAGA VA UNING KUCHIGA TAYANING!» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Charchoq Zak va Liyaga qanday ta’sir qilgan?

  • Nega ota-onalar kuchi qolmaganida Yahovadan yordam so‘rashlari kerak?

  • Qay yo‘sin Zak va Liya Yahovaga tayanib, Undan yordam izlagan?