Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Allohning Kalomiga bo‘lgan ishonchingizni mustahkamlang

Allohning Kalomiga bo‘lgan ishonchingizni mustahkamlang

Allohning Kalomi hayotimizni o‘zgartira oladi. (Ibr 4:12) Biroq unda yozilgan yo‘l-yo‘riqlar-u maslahatlardan foyda olish uchun u rostdan ham «Alloh kalomi» ekaniga ishonchimiz komil bo‘lishi kerak. (1Sal 2:13) Qay yo‘sin Muqaddas Kitobga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlashimiz mumkin?

Har kuni Muqaddas Kitobdan bir parcha o‘qing. O‘qiyotganda Yahova bu kitobning Muallifi ekanini tasdiqlovchi dalillarni topishga harakat qiling. Masalan, Hikmatlar kitobidagi maslahatlarni ko‘rib chiqing va ular hozirgi kunda qanchalik amaliy ekaniga diqqat qarating. (Hk 13:20; 14:30)

Birorta mavzuni tanlab, izlanish o‘tkazing. Muqaddas Kitob Xudo tomonidan ilhomlantirilganini isbotlovchi dalillarni yaxshilab o‘rganib chiqing. Masalan, «Yahovaning Shohidlari izlanish olib borishi uchun qo‘llanma»dagi «Muqaddas Kitob» mavzusini topib, «Xudo tomonidan ilhomlantirilgan» sarlavhasi ostidagi ma’lumotni o‘qing. Shuningdek, «Yangi dunyo tarjimasi»da keltirilgan ilovaning A3 mavzusidagi ma’lumotni tadqiq qilib, Muqaddas Kitobda yozilgan xabar o‘zgarmaganiga bo‘lgan ishonchingizni mustahkamlashingiz mumkin.

«NEGA IMONIMIZ KOMIL? XUDONING KALOMIGA» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Qanday qilib Karnakda (Misr) topilgan ibodatxona devori Xudoning Kalomi ishonchli ekanini tasdiqlayapti?

  • Muqaddas Kitobdagi xabar o‘zgarmaganini qayerdan bilamiz?

  • Qay yo‘sin Muqaddas Kitob hozirgi paytgacha saqlanib qolgani sizni u Xudoning Kalomi ekaniga ishontiryapti? (Ishayo 40:8 ni o‘qing.)