HAYOT TARZIMIZ
Tez tibbiy yordam kerak bo‘ladigan vaziyatlarga hozirdan tayyorlaning
Nega tayyorgarlik ko‘rish muhim? Kutilmaganda tez tibbiy yordamga muhtoj bo‘lib qolishimiz va kasalxonaga tushishimiz mumkin. Bunday vaziyatlarda sizga eng sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘ying. Shunday qilib, hayotga va Yahovaning qon haqidagi qonuniga hurmat ko‘rsatgan bo‘lasiz. (Hv 15:28, 29)
Qay yo‘sin tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin?
-
Ibodat qiling va «Tibbiy amaliyotlarga nisbatan shaxsiy qaror va vakolatnoma» (DPA) hujjatini diqqat bilan to‘ldiring a. Suvga cho‘mgan va’zgo‘ylar o‘zlari uchun bu hujjatni, voyaga yetmagan farzandlari uchun esa «Shaxsiy guvohnoma» (ic) hujjatini adabiyotlarga javobgar birodardan olishlari mumkin
-
Homilador bo‘lsangiz, jamoatingiz oqsoqollaridan «Homiladorlar uchun ma’lumot» (S-401) hujjatini so‘rang. Ushbu hujjat homiladorlik va tug‘ruq paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tibbiy masalalarda to‘g‘ri qaror chiqarishingizga yordam beradi
-
Tibbiy muolaja olishingiz yoki kasalxonaga yotishingizga ehtiyoj tug‘ilsa va shu paytda qon bilan bog‘liq masala yuzaga kelishi mumkin bo‘lsa, bu haqda jamoatingiz oqsoqollarini oldindan xabardor qiling
Oqsoqollar qanday yordam bera oladi? Ular «Vakolatnoma» hujjatini to‘ldirishingizga ko‘maklashishi mumkin. Lekin oqsoqollar tibbiy masalalarda siz uchun qarorlar chiqarishmaydi yoki shaxsiy tanlov masalasida o‘z fikrini bildirishmaydi. (Rm 14:12; Gl 6:5) Siz olmoqchi bo‘lgan tibbiy muolaja paytida qon quyish xavfi yuzaga kelishi mumkin bo‘lsa, bu haqda mahalliy oqsoqollarga ayting. Shunda ular Kasalxonalar bilan aloqa qilish qo‘mitasi (KAQ) bilan tezda bog‘lanib, vaziyatingiz to‘g‘risida xabar berishadi.
KAQ qanday yordam berishi mumkin? KAQda xizmat qiladigan birodarlar qon quyishga oid diniy nuqtai nazarimizni tibbiyot xodimlariga va yuristlarga tushuntirish uchun ta’lim olishgan. Ular qonsiz davolash usullarini shifokoringiz bilan muhokama qilishlari mumkin. Agar zarurat tug‘ilsa, ular qonsiz davolashga tayyor bo‘lgan shifokorni topishingizga ko‘maklashishadi.
«QAY YO‘SIN QON MASALASIDA TO‘G‘RI QAROR CHIQARA OLAMIZ?» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLGA JAVOB BERING:
-
Mazkur videoga ko‘ra, qon quyishga to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘lgan shoshilinch vaziyatlarga tayyor turishingizga nima yordam berishi mumkin?
a «Hayotdan toabad zavqlaning!» kitobining 39- darsi qon bilan bog‘liq tibbiy masalalarda to‘g‘ri qarorlar chiqarishingizga yordam berishi mumkin.