HAYOT TARZIMIZ
Muqaddas Kitob prinsiplarini qo‘llab, farzandlaringizga muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam bering
Masihiy ota-onalar farzandlari Yahovaga xizmat qilib, baxtli va mazmunli hayot kechirishini istashadi. Ular bolalariga Muqaddas Kitob prinsiplari asosida tarbiya berishsa, muvaffaqiyatli bo‘lishga ko‘maklasha olishadi. (Hk 22:6)
-
Farzandlaringiz sizga fikrlari-yu tuyg‘ularini bemalol ayta olishi uchun muloqotga ochiq bo‘ling (Yoq 1:19)
-
O‘z o‘rnagingiz bilan ta’lim bering (Qn 6:6)
-
Ma’naviy ishlarga muntazam vaqt ajrating (Ef 6:4)
«MUSTAHKAM UY QURING — FARZANDLARINGIZNI TO‘G‘RI YO‘LGA SOLIB TARBIYALANG» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Ota-onalar mulohazakorlikni qay yo‘sin namoyon eta olishadi?
-
Ota-onalar Yoqub 1:19 dagi prinsipni qanday qo‘llay olishadi?
-
Muammolar yuzaga kelganida ota-onalar nima qilishlari mumkin?